Senat Raisi Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 13 Iyul 2021 699

    2021-yil 13-iyulda Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva Turkiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

    Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, parlamentlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

    O. Bekar Oʻzbekistonda Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlarga yuqori baho berdi.

    Tomonlar parlamentlararo muloqotni rivojlantirish Oʻzbekiston-Turkiya hamkorlik aloqalarini yuqori bosqichga olib chiqishga, xususan oliy darajadagi tashriflar davomida savdo-iqtisodiy, investitsiaviy va texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

    Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.