Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama etildi.
Uchrashuv davomida T.Narbayeva mehmonlarni tashrif bilan qutlab, mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xorijiy mamlakatlar bilan parlamentlararo hamkorlik, tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari, shu jumladan, yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Oʻz navbatida, N.Lammert Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatdagi oʻzgarishlar va yangilanishlarni yuksak baholadi.
Uchrashuv chogʻida parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.