Suhbat mobaynida Oʻzbekiston va XMT oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, amalga oshirilayotgan qator muhim tashabbuslar va loyihalar muhokama etildi.
Jumladan, har yili ijtimoiy mehnat huquqlari va boshqa yoʻnalishlarda XMT bilan imzolanayotgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda “Strategiya – 2030” doirasida olib borilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yoʻnalishlari va tamoyillari bilan toʻla uygʻun ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda munosib mehnat boʻyicha 2021-2025-yillarga moʻljallangan mamlakat dasturining amalga oshirilishi boʻyicha fikr almashildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senat matbuot xizmati.