Senat yalpi majlisida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi saylandi

    Halilillo Sobirjonovich Toʻraxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi lavozimiga saylandi.

    Senatning 53-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisini saylash masalasi ham koʻrib chiqildi.

    Xabaringiz bor, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasi hamda 109-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Senat tomonidan saylanadi.

    Senatorlar mazkur masala yuzasidan oʻz munosabatlarini bildirdi hamda Halilillo Sobirjonovich Toʻraxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi lavozimiga saylandi.

    Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.