Senatda AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

    Suhbat chog‘ida joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining AQShga tashrifi yakunlari muhokama etildi, ushbu tashrif davomida AQSh Kongressida «O‘zbekiston Kokus» bilan hamkorlikda «O‘zbekiston kuni» tashkil etildi.

    Jonatan Xenik AQShning O‘zbekiston-Amerika sherikligini chuqurlashtirishga sodiqligini tasdiqladi va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini yuqori baholadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning Missisipi shtati bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning yangi istiqbollari qayd etildi.

    Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarning ijobiy natijalarin qayd etib, tomonlar O‘zbekistonda AQSh xususiy sektori vakillari uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Oliy Majlim Senati matbuot xizmati.