Uchrashuvda Oʻzbekiston va AQSH munosabatlarining ijobiy surʼati, shu jumladan, parlamentlararo aloqalar kengayib borayotgani taʼkidlandi. Shu nuqtayi nazardan AQSH Kongressidagi “Oʻzbekiston boʻyicha kokus” va Oliy Majlisdagi Parlamentlararo hamkorlik guruhining faoliyati yuqori baholandi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, taʼlim va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, parlament diplomatiyasi doirasida sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston va AQSH hamkorligini yanada chuqurlashtirish, shu jumladan, uni mintaqaviy va parlamentlararo darajada rivojlantirishdan oʻzaro manfaatdor ekanligini tasdiqladi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.









