Muloqot davomida Oʻzbekiston va Yevro Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi strategik munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilgani eʼtirof etildi.
YEIning GSP+ tizimi doirasida savdo, iqtisodiyot, taʼlim, tibbiyot, innovatsiya sohalaridagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Mamlakatimizda inson huquqlarini, gender tenglikni taʼminlashga hamda fuqarolik institutlari imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga qaratilgan ishlar alohida qayd etilib, bu borada rivojlangan davlatlarning tajribalarini oʻrganish yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan parlamentlararo munosabatlarni kuchaytirish hamda qonun ijodkorligi va parlament nazoratini takomillashtirishga oid hamkorlik dasturlarini yoʻlga quyishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.