Maʼlumki, Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida barcha sohalarda oʻzaro manfaatli koʻp qirrali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Barcha darajalarda muloqotlar izchil davom ettirilyapti. Iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni kengaytirish boʻyicha qator kelishuvlarga erishilgan hamda ushbu yoʻnalishlarda muhim tadbirlar amalga oshirilyapti. Keyingi yillarda Yevropa tomonidan taqdim etilgan “GSP+” tartibi tufayli oʻzaro savdo hajmi jadal ortib boryapti.
Yevropa parlamenti deputati mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini alohida taʼkidladi.
Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik, xavfsizlikni mustahkamlash, farovonlikka erishish, inson huquqlari va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarini olqishladi.
Ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlik jadal surʼatlarda rivojlanayotgani ijobiy baholandi.
Mamlakatda parlamentlararo hamkorlikning mavjud mexanizmlaridan, xususan, “Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qoʻmitasidan faol foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa parlamenti oʻrtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.