Unda Senatning asosiy vazifalari, uning vakolatlari, qonunchilik faoliyati va parlament nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi, shuningdek, dolzarb masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda yurtimizda yoshlarga katta eʼtibor berilayotgani, ular uchun shart-sharoitlar yaratilayotgani eʼtirof etildi, Senat va uning huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatidagi yangiliklar haqida fikr almashildi.
Uchrashuv soʻnggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuvdan soʻng Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etildi.