Senatda MDH delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    2024-yil 28-oktyabrda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Bosh kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Muloqot davomida S.Lebedev mamlakatimizda boʻlib oʻtgan muhim siyosiy tadbir — parlament saylovining demokratik tamoyillariga toʻlaqonli mos ravishda shaffof va adolatli oʻtkazilganligini taʼkidlab oʻtdi.

    Shuningdek, mehmonlar tomonidan soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijobiy oʻzgarishlar hamda qonunchilikdagi islohotlar yuqori baholandi.

    Davlatimizning MDH tashkiloti va unga aʼzo mamlakatlar bilan faol muloqoti hamda tashabbuslar bilan ishtirok etishi qayd etilib, kelgusida ham iqtisodiy, madaniy-gumanitar yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.