Senatda Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 29-iyulda Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini, xususan inson huquqlarini himoya qilish, huquqiy davlatni rivojlantirish va fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash sohasida tajriba almashishni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

    S.Safoev mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekistonda inson huquqlarini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganini, bu borada parlament va Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) institutining o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

    O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili O‘zbekistonda so‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy adolatni ta'minlash va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etdi. U ikki davlat o‘rtasida inson huquqlarini ta'minlash sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar inson huquqlari sohasidagi, ombudsmanlar instituti doirasidagi aloqalarni va parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish yo‘nalishida amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.