Suhbat chogʻida Elchining Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyatining muvaffaqiyatli va samarali davri sarhisob qilindi. Uning soʻnggi toʻrt yil ichida Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi qayd etildi.
Parlamentlararo, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish uchun asos sifatida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Shuningdek, ikki tomonlama muloqotni faollashtirishda parlamentlarning ahamiyati ortib borayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakuni boʻyicha tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yoʻlida konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.