Unda Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisini joriy yil 30-sentyabr soat 11-00 da chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
Jumladan, qishloq xoʻjaligi kooperativi, temir yoʻl transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar hamda bir qator boshqa qonunlar kun tartibidan oʻrin olgan.
Shuningdek, senatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasini ham koʻrib chiqishni rejalashtirgan, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.