Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlisda, jumladan:
- “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
- “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
- “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
- “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
- “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.