Tadbirda senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ekspertlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Jumladan, senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimni (Toshkent, 2022-yil 29-mart) ratifikatsiya qilish haqida” gi Qonunni, shuningdek, 2023-yilgi Davlat byudjetini muhokama qildi.
Qayd etilganidek, hujjat jinoyat sodir etish natijasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan chet el fuqarolariga belgilangan jazoni oʻz davlatida oʻtash imkoniyatini beradi, shuningdek, ularni qayta tarbiyalash va ijtimoiy reabilitatsiya qilishni nazarda tutadi.
Senatorlar 2023-yilgi Davlat byudjetini ham ekspertlar darajasida dastlabki tarzda koʻrib chiqdi.
Majlis yakunlari boʻyicha senatorlar Bitim ratifikatsiya qilinishini qoʻllab-quvvatladi, shuningdek, 2023-yilgi Davlat byudjeti loyihasi boʻyicha qator takliflarini ishlab chiqdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.