Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan yalpi majlisda qator qonun va masalalarni muhokama etish rejalashtirilgan.
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida“gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida“gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi, “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida“gi qonunlar koʻrib chiqiladi.
Shu bilan birga senatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi.
Majlisda Senatning qirq birinchi yalpi majlisini 2023-yil 1-iyunda chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.