Yevroosiyo guruhining 40-yalpi majlisi haftaligi doirasida oʻtkazilgan ushbu forumda Belarus, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Oʻzbekiston, Xitoy va Hindiston parlamentlari hamda moliyaviy razvedka boʻlinmalari vakillari ishtirok etdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Narimon Umarov ishtirok etdi.
Mazkur forum davomida innovatsiyalar va yangi moliyaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bogʻliq jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini, shu jumladan virtual aktivlarga oid qonunchilikni tartibga solish boʻyicha tajriba almashildi.
Tadbir yakunida Forum ishtirokchilari tomonidan eng qiziqarli maʼruza va savollar faol muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.