Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda Oliy Majlis Senati aʼzosi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori Sh.Shamsiyev ishtirokidagi uchrashuv ham loyiha ijrosi xususida kechdi. Jumladan, “Huquqiy maslahat” markazlarini tashkil etish mexanizmiga doir masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida Oliy Majlis Senati aʼzosi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori Sh.Shamsiyev federatsiya tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi. Fuqarolarning muammolarini tizimli oʻrganish va ularning aniq hal etilishini taʼminlovchi samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, fuqarolarning isteʼmolchilik madaniyatini oshirish yuzasidan bajariladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda Muborak tumanining “Tong” mahalla fuqarolar yigʻinida “Huquqiy maslahat” markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va markaz binosining qurilishi yuzasidan ham fikr almashildi, deya xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.