Senatorning aytishicha, yoshlarni mehnatsevar qilib tarbiyalash lozim. Buning uchun ularni, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan yolg'on xabarlar, milliy qadriyatlarga zid turli  g'oyaviy “virus”lardan himoya qilish kerak.

Buning uchun esa bugungi kunda  ijtimoiy tarmoqlar to'g'risida qonun qabul qilish lozim. Bu qonun so'z erkinligini bo'g'ish emas, balki ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini qonun yo'li bilan tartibga solish, ular mas'uliyatini oshirish hamda foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi.

Senator o'z so'zida globallashuv davrida ayrim  yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali g'arbning nomaqbul guruhlari ta'siriga tushishi natijasida ongi zaharlanib, qafasga tushib qolayotganiga alohida e'tibor qaratgan.

 Kognitiv texnologiyalar shu tarzda jamoatchilik ongiga ta'sir ko'rsatish vositasiga aylanadi. Biz uchun milliy manfaat va qadriyatlarimizni himoya qilish — eng muhim vazifa va boylikdir, — deya ta'kidlagan.