Senator MDH PAning Siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha doimiy komissiyaning majlisida ishtirok etdi

    Joriy yil 18-aprelda MDH PAning Siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Р.Алимов ishtirok etdi.

    Gibrid formatda oʻtkazilgan tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston parlamentlari vakillari ham qatnashdi.

    Tasdiqlangan kun tartibiga koʻra Komissiya aʼzolari MDH PA Kengashi muhokamasiga taqdim etiladigan qator hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqdilar, shuningdek, Assambleyaning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi oʻzaro hamkorligi, parlamentlararo birlashmalar tadbirlari toʻgʻrisidagi axborotni eshitdilar.

    Jumladan, MDH PAning Falastin Davlatining Gʻazo sektoridagi vaziyat toʻgʻrisidagi Bayonoti va MDH PA huzurida kuzatuvchi maqomi toʻgʻrisidagi Nizom loyihalari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

    Muhokama davomida bildirilgan Oʻzbekiston Respublikasining nuqtai nazari va takliflari majlisning yakuniy hujjatlarida inobatga olindi.