Senator sabab vochaxliklar elektr tokiga erishishdi

    Joriy yilning avgust oyida Senat sayti senator A.Sanginov ko'magi bilan Sariosiyoning olis Vochax qishlog'ida elektrlashtirish ishlari boshlab yuborilgani haqida xabar bergandi.

    Mazkur jarayon shu yilning aprel oyida Oliy Majlis Senati a'zosi Abdug'ani Sanginovning Sariosiyo tumani mahalla faollari bilan o'tkazgan uchrashuvida, Vochax qishlog'ida istiqomat qilayotgan 120 nafar aholi vakillarining murojaatidan so'ng boshlangan edi.

    Olib borilgan tezkor va samarali ishlar natijasida navbatdagi qish mavsumi avvalida Vochax qishlog'i aholisi elektr energiyasi bilan ta'minlandi.

    Aytish joiz, mazkur muammo senator nazorati ostida homiylik asosida hal etildi. Bunda tog'da ishlaydigan maxsus texnikalar va mutaxassislar yordamida 100 dona maxsus temir ustun va elektr tarmog'i uchun 18 000 metr AS-25 sim hamda bir dona 160 kV transformator punktini o'rnatish ishlari olib borildi.

    Endi vochaxliklar xonadoni ham elektr toki yordamida yoritiladigan bo'ldi.