Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Agentlik direktori Hilola Umarova, Prezidenti maktabining Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablaridan 92 nafar bitiruvchi o‘quvchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yirik o‘zshgarishlar, parlament ish faoliyati, xususan, Senat va senatorlar ish kuni, yalpi majlislar zalida qonunlar muhokamasi bilan tanishdi.
Ta’kidlanganidek, ayni paytda Respublikamizdagi 4 ta Prezident maktablari 2022 yilda o‘zining navbatdagi bitiruvchilarini katta hayotga kuzatmoqda.
Joriy yilda, Toshkent shahridagi Prezident maktabi 24 nafar, Xiva shahridagi Prezident maktabi 24 nafar, Namangan shahridagi Prezident maktabi 22 nafar va Nukus shahridagi Prezident maktabi 22 nafar bitiruvchiga oq yo‘l tiladi.
Hozirda 65% dan ziyod Prezident maktabi bitiruvchilari Yangi O‘zbekiston universitetida o‘qish taklifini bildirdi. Shuningdek o‘quvchilar orasida “El-yurt umidi jamg‘armasi’’ tanlovida g‘olib bo‘lganlar ham bor.
Undan tashqari, bitiruvchilarimiz xorijiy Top mingtalikka kiruvchi Arizona universiteti, Miami universiteti, Bristol universiteti, Kaliforniya kabi 100 dan ziyod mahalliy va xorijning eng nufuzli xorijiy oliy o‘quv muassasalaridan ta’lim olish uchun takliflar qo‘lga kiritishdi.
Agentlik tasarrufidagi barcha Prezident maktablarida School consellor faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamkorligida IELTS va SAT tayyorlov kurslari tashkil etilgan. Shunga ko‘ra, bitiruvchilar IELTS bo‘yicha yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi. Toshkent, Xiva, Nukus va Namangan shahridagi Prezident maktablaridagi 92 nafar bitiruvchilarning barchasi IELTS cyertifikatini qo‘lga kiritishgan. Xuddi shunday SAT cyertifikatini qo‘lga kiritganlar soni 48 nafarni tashkil etadi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezident maktablarining bitiruvchilarini munosib kuzatish maqsadida tashkil etilgan maxsus tadbirning ilk kuni bitiruvchilar uchun Yangi O‘zbekiston bog‘iga sayohat qilishgan.
Shundan so‘ng bitiruvchilar uchun Agentlik tizimidagi Yangi O‘zbekiston universiteti o‘quv binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo‘lishdi va atoqli adiblar hayoti hamda ular yaratggan asarlar bilan tanishish o‘g‘il-qizlarda katta taassurot qoldirdi.