Senatorlarning vakolatlari va masʼuliyati bir necha barobar oshdi

    Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

    Ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va masʼuliyati bir necha barobar oshdi.

    Xususan, yuqori palataning parlament nazorati va bir qator muhim davlat organlarini shakllantirishdagi ishtiroki sezilarli ravishda kengaytirildi.

    Ilgari senatorlar nazorat tadbirlarida yoki saylovchilar bilan uchrashuvlarda qonunlarda aniqlangan muammolarni hal etish boʻyicha aniq vakolatga ega emas edi. Yangilangan Konstitutsiyada Senatga qonunchilik taklifini kiritish huquqi berilishi bilan masala oʻz yechimini topdi.

    Prezident yangi saylangan senatorlarimiz endi bu jarayonlarda faol boʻlishiga ishonch bildirdi.