Bu haqda Senego axborot portali harbiy manbalarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumat vakillari qurbonlarning shaxsini aniqlamoqda. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari Atlantika okeaniga chiqishdan oldin kema aynan qaerdan suzib ketganini aniqlashi kerak bo'ladi.
Ayni paytda, qayiq Dakar bandargohiga tortib olingan, deyiladi xabarda.
Senegal G'arbiy Afrika davlatlaridan biri bo'lib, uning qirg'og'idan noqonuniy muhojirlar turli sig'imdagi kemalarda suzib, Yevropaga, shu jumladan Ispaniyaga borishga harakat qilishadi. Rasmiylar va nazorat tashkilotlari, xususan, Kanar orollariga noqonuniy muhojirlar oqimi keskin oshganini ta'kidlamoqda, deb xabar beradi report.az.