«Bugun u uzoq muddatli xastalikdan so‘ng vafot etdi», — dedi u agentlikka xabarni bayon etishda. Kurlyandskiy 1938-yil 1-iyulda tug‘ilgan. 1961-yil V.V. Kuybishev nomli Moskva muhandislik-qurilish institutini tamomlagan. 1964-yildan — professional adabiyotchi. Kurlyandskiy — «Senimi, shoshmay tur!», «Daydi to‘tiqushning qaytishi» multfilmlari asoschilaridan biri. Muallifning boshqa ishlari orasida «Qo‘ziqorinli yomg‘ir», «Buvini kutib ol», «Yalmog‘iz kampir qarshi!» multfilmlari ham bor. Shuningdek, Kurlyandskiy «Quvnoq charxpalak» multserialiga ham ssenariylar yozgan. U SSSR davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Rossiya Federatsiyasining Xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, deb xabar beradi TASS.