Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Savdo uyi — shourum sifatida ham xizmat qilib, unda Andijon viloyatida ishlab chiqarilayotgan tayyor kiyim-kechaklar namoyish etiladi. Shuningdek, mahalliy va xalqaro xaridorlar uchun doimiy savdo maydoni sifatida foydalaniladi.
Sent-Luis shahri AQSHning yirik logistika markazlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu savdo uyi orqali oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni mamlakatning turli shtatlariga keng tarqatish imkoniyatiga ega boʻladi.
«Bu qadam Andijon toʻqimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish, yangi bozorlarga chiqish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng imkoniyat yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi«, — deyiladi xabarda.
Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, “ITF Group LLC” ijrochi direktori Saidazim Burxonxoʻjayev, mahalliy biznes vakillari hamda yurtimizning toʻqimachilik sanoati tadbirkorlari ishtirok etdi.









