Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistonga keldi

    Hukumat 28 Oktabr 2025 1642

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida 28-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

    Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkaziladi, ularda Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

    Shuningdek, Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.