Serbiyada kuzatilayotgan yuqori havo harorati tufayli Rusanda ko'li qurib qoldi

    Serbiyada kuzatilayotgan g'ayritabiiy issiq harorat tufayli shifobaxsh loyga ega bo'lgan Rusanda tuz ko'li tarixda birinchi marta qurib qoldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

    Bolqon yarim orolida bu hafta havo harorati juda yuqori bo'ldi, mintaqaning aksariyat mamlakatlarida havo harorati 39 daraja atrofida bo'lishi kutilmoqda.

    Serbiya sog'liqni saqlash instituti o'nta aholi punktida vaziyat og'ir ekanini e'lon qildi.

    Belgradda 16-iyul kuni tarixdagi eng issiq kun qayd etildi – havo harorati Selsiy bo'yicha 38,4 daraja issiq bo'ldi. Xorvatiyadagi bir qancha qirg'oq dam olish maskanlarida Adriatik dengizidagi suv harorati Selsiy bo'yicha rekord 29,5 darajada saqlanib qoldi, deb xabar beradi korrespondent.net.