Jumladan, xorijdan keltirilgan don saqlash uchun moʻljallangan uskunalar belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Yuk egalari tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlar yaxlit bitta tovar sifatida tasniflanishi maʼlum qilingan, biroq oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida mazkur uskunalar alohida tarzda uchta tovar sifatida tasniflanishi aniqlangan.
Natijada, davlat byudjetiga 103,4 mln. soʻmlik qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblangan.
Navbatdagi holatda esa bojxona postiga keltirilgan hujjatlarga koʻra, bolalar mototsikli va ilgari foydalanilgan gaz dvigatellari tekshiruvdan oʻtkazilganida, hujjatlarda qayd etilmagan 27 dona akkumulyatorli bolalar avtomobillari borligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati