Tergovga qadar tekshiruvlarda tumandagi “S”. va “G.T.” xususiy uy joy mulkdorlari shirkati rahbari L.R. 2018-yildan 2021-yilning sentyabr oyiga qadar ushbu shirkatlarga qarashli xonadon egalaridan undirilgan jami 431 mln soʻm badal toʻlovlarini shirkatlarga kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.