Sergelida xayriya pullari soxta bayonnomalar yordamida tarqatiladimi?

    Voqea-hodisalar 7 Iyul 2020 1495

    Mazkur holat yuzasidan Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi Sergeli bo'limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

    Bosh prokuratura matbuot xizmati “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli boʻlimining maʼlumot berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli boʻlimi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan mablagʻlarni goʻyoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun sovgʻa, moddiy yordam pullari berilgani va boshqa ijtimoiy yordamlar koʻrsatilgani haqida soxta bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali 95,8 mln soʻm mablagʻlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.