Sergeli tumani Saxovat mahallasi hududida zamonaviy jihozlangan, o'quvchi yoshlarning axborot texnologiyalari va komp`yuter savodxonligini oshirish, shuningdek, chet tillarini o'rganishga mo'ljallangan IT markazi foydalanishga topshirildi.

Mazkur markaz bir vaqtning o'zida 100 ga yaqin o'quvchilarni o'z bag'riga sig'dira oladi.

Shuningdek, markazda 4 ta mashg'ulot xonasi, 20 ta komp`yuter va alohida kutubxona mavjud bo'lib, endilikda o'quvchilar bu erda o'z bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.