баннер
27 Apr 2025
16:59

    Sergelida yangi shaxmat maktabi ochildi!

    Mazkur maktab shaxmat boʻyicha professional taʼlim berish, musobaqalar tashkil etish va yosh iqtidorlarni kashf etish maqsadida tashkil etilgan.

    Toshkent shahri Sergeli tumanida yangi shaxmat maktabi ochildi. Tadbirda tuman hokimi Elbek Shukurov, Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi oʻrinbosari Komiljon Sindorov hamda shaxmat boʻyicha jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov ishtirok etdi.

    Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar yangi maktab yosh shaxmatchilarni tarbiyalashda muhim rol oʻynashini taʼkidlab, bu sport turiga qiziqish ortib borayotganini qayd etishdi. Mazkur maktab shaxmat boʻyicha professional taʼlim berish, musobaqalar tashkil etish va yosh iqtidorlarni kashf etish maqsadida tashkil etilgan.

    Tadbir doirasida shaxmat boʻyicha namoyish oʻyinlari ham oʻtkazilib, yosh shaxmatchilar oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazish imkoniga ega boʻlishdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech