Sergeli tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga koʻra, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash hamda sotish holatlariga chek qoʻyishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida 26 yoshli Toʻlqinjon K. ushlangan.

Fuqaro xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonidan 13 dona paketlarga qadoqlangan umumiy ogʻirligi 3,9 gramm boʻlgan sintetik giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ushbu shaxs tomonidan turli xil joylarga 5 ta “zakladka” joylashtirgani maʼlum boʻldi. Sergeli tumani IIO FMB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan mazkur joylar aniqlanib, u yerdan yana 1,5 gramm giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.