Sergey Bezrukov: Tarixni davom ettirish juda muhim

    Rossiyalik mahoratli aktyor va rejisser Sergey Bezrukov Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanishi haqida fikr bildirdi.

    Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filiali talabalari va yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darsi o'tkazdi. Uchrashuv “Ipak yo'li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etildi.

    Sergey Bezrukov O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanishi g'oyat muhim voqea va oqilona qaror ekanligini ta'kidlab o'tdi.

    “Tarixni davom ettirish juda muhim. Men tarixni qayta tiklash va davom ettirish tarafdoriman. Bugunni o'tmish bilan bog'laydigan rishtalar uzilmasligi kerak. Kino san'atining insonlar ongiga ta'sirini ortiqcha baholab bo'lmaydi. Kino - bu barchamizning zimmamizga ulkan mas'uliyat yuklaydigan vazifa", - dedi Sergey Bezrukov.

    Kinematografiya agentligi Axborot xizmati