Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Shu yilning 09-iyul kuni kech soat 19:40 lar atrofi Sergeli tumani Qipchoq koʻchasida 3 ta avtomashina 2 ta Spark va 1 ta Honda rusumli avtomashina ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.