Sertifikat olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Toshkent shahrida “CEFR B1” sertifikatini olib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan fuqaro S.Sh. fuqarolar F.N. va N.A.ga tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga “CEFR B1” sertifikatlarini olib berishini aytib, 1 500 AQSH dollari va 12,6 mln soʻm pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 221 moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.