Server Jeparov – “Lokomotiv” bosh murabbiyi

    U shu paytgacha klub sport direktori vazifasini bajarib kelayotgandi

    Toshkentning “Lokomotiv” klubi marabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi. Jamoaga endi Osiyoning ikki karra “eng yaxshi futbolchisi” Server Jeparov bosh murabbiylik qiladi. Unga Mirko Yelichich yordam beradi.

    Server shu paytgacha klub sport direktori vazifasini bajarib kelayotgandi. Ungacha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida qisqa muddat bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

    Ayni paytda temiryo'lchilar Superligada, 17 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. Shu bois klub rahbariyati jamoaning bosh murabbiyi Denis Korostichenkoni iste'foga chiqardi.