Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya politsiyasiga tayanib xabar berdi.
Unga ko'ra, yo'l-transport hodisasi mahalliy vaqt bilan taxminan soat 21:27 da Seul meriyasi yaqinidagi chorrahada sodir bo'ldi. Keksa erkak boshqaruvidagi avtomobil svetoforning yashil chirog'i yonishini kutayotgan piyodalarga borib urildi. Qayd etilishicha, u mazkur hodisadan oldin ikkita avtomashina bilan ham to'qnashgan.
Voqea joyida qo'lga olingan haydovchi avtomashina tezligini nazorat qila olmaganini aytdi. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.