Unga Janubiy Koreyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar, ishchilar, tadbirkor vatandoshlar hamda xorijlik mehmonlar taklif etildi.
Ishtirokchilarga Navro'z bayramining kelib chiqishi tarixi, uning mohiyati hamda joriy yil mamlakatimizda ushbu bayram tadbiri qanday o'tayotganligi haqidagi atroflicha ma'lumotlar taqdim etildi. Jumladan, tadbir doirasida 21 mart kuni Toshkent shahridagi «Humo Arena» majmuasida davlatimiz rahbari ishtirokida bo'lib o'tgan bayram shodiyonasi videolavhalari ham namoyish qilindi.
Bayram tantanasida ishtirok etgan vatandoshlarimiz tomonidan ijro etilgan o'zbek milliy ashula va raqslari tadbirga alohida ko'tarinki ruh baxsh etdi.
Mehmonlar uchun bezatilgan bayram dasturxonidan sumalak, ko'k somsa va palov singari milliy taomlarimiz joy oldi.
Koreya Respublikasida vatandoshlarimiz ishtirokidagi Navro'z bayrami tadbirlari davom etmoqda.









