“Sevilya” yettinchi bor Yevropa Ligasi g'olibiga aylandi

    Ispaniyaning “Sevilya” hamda Italiyaning “Roma” jamoalari o'rtasida Yevropa Ligasining final o'yini o'tkazildi.

    O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. G'olib penaltilar seriyasiga ko'ra aniqlandi, unda ispan klubi g'alaba qozondi. Ispaniyaning “Sevilya” klubi tarixda yettinchi marta Yevropa Ligasida g'olib chiqdi va mazkur yevrokubokda g'alaba qozonish bo'yicha rekordini yangiladi. Uchrashuv Budapeshtdagi “Pushkash Arena”da bo'lib o'tdi.

    35-daqiqada Paolo Dibala “Roma”ni oldinga olib chiqdi, 55-daqiqada himoyachi Janluka Manchini tomonidan kiritilgan avtogol tufayli hisob tenglashdi.

    Kubok taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi.

    “Roma” safida Janluka Manchini va Rojer Ibanyes gol ura olmadi, “Sevil`ya” safida Lukas Okampos, Erik Lamela, Ivan Rakitich va Gonsalo Montiel o'z imkoniyatlaridan unimli foydalanishdi.

    “Sevilya” jamoasi Yevropa ligasining pley-off bosqichiga Chempionlar ligasidan chiqib bordi. “Roma”ga qarshi final o'yiniga qadar ispanlar “PSV”, “Fenerbaxche”, “Manchester Yunayted” va “Yuventus”ni mag'lub etishdi, deb xabar beradi ru.euronews.com.