Qurilish vazirligi aholiga, tadbirkorlik sub'ektlariga, buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlariga, umuman qurilish jarayonlarining barcha ishtirokchilariga maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Bunda barcha xizmat va texnologik jarayonlarni inson omilining aralashuvisiz muvofiqlashtirib borish maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ishga tushirildi.
Bu esa mazkur sohadagi davlat xizmatlarini to'liq raqamlashtirish, hujjatlarning elektron shaklda aylanishini ta'minlash, investitsiya dasturidagi qurilish ob'ektlarining holatini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini bermoqda. Shuningdek, qurilish ob'ektlarida nazorat jarayonlari avtomatlashtirilib, barcha ma'lumotlar avtomatik tarzda shakllantirilayapti.
Yagona ma'lumotlar bazasi orqali idoralararo ma'lumot almashinuviga erishilmoqda. Bu o'z o'zidan sohada ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tizimli muammolarni hal etish, qurilish sohasida korruptsiya va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va eng muhimi, jamoatchilik uchun shaffoflikni ta'minlash imkonini yaratmoqda. Qurilish vazirligining hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari bugungi kunda to'liq elektron shaklga o'tkazilgan.
Bundan buyon ob'ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish uchun ruxsatnoma olish, arxitektura-rejalashtirish topshirig'ini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlarini, xususan, yakka tartibdagi uy-joy qurishga hamda rekonstruktsiya qilishga loyiha-smeta hujjatlarni kelishish, bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirish kabi jarayonlar mazkur tizim orqali amalga oshiriladi.
Yana bir qulaylik, endilikda qurilish ekpertizasini raqamlashtirish jarayoni ekspertiza.mc.uz tizimiga, ya'ni to'liq interaktiv xizmat shakliga o'tdi. Bu jarayonlar avvallari qurilish ekpertizasini raqamlashtirish davlat xizmatlari orqali amalga oshirilar edi. Bugungi kunda buyurtmachi yoki loyihachi masofadan turib hujjatlarni ekspertizaga jo'natishi mumkin. Bunda tizim aniqlangan barcha kamchiliklar, kiritilgan o'zgartirishlar, loyiha hujjatlari va ekspertiza xulosalarini yagona bazada saqlaydi.
Sohadagi yana bir yangilik bu – qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish, loyihalashtirish va qurilish ishlarida davlat xaridlari hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash maqsadida “Qurilish sohasida tender savdolarini tashkil etish” platformasining ishga tushirilgani bo'ldi. Bugungi kunda tender.mc.uz sayti orqali mazkur jarayonlarni amalga oshirish mumkin bo'ladi.
Avvallari tender jarayonlari asosan komissiya qarori bilan, ya'ni inson omili ishtirokida amalga oshirilgan bo'lsa, joriy yildan boshlab bu amaliyotga to'liq chek qo'yildi. Xususan, bugungi kunda tender jarayonlari on-layn tarzda avtomatik usulda o'tmoqda.
Tender savdolaridagi raqobat asosan pudrat tashkilotlarining salohiyati, ish tajribasi, malakasi, moddiy-texnik va moliyaviy imkoniyatlari kabi ko'rsatkichlariga asoslangan. Mazkur ko'rsatkichlar pudrat tashkilotlarining reytingidan olinadi. YA'ni, loyiha va pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish ishlari sifatini yaxshilash maqsadida qurilish pudrat tashkilotlar reytingi reyting.mc.uz axborot tizimi ishga tushirildi.
Mazkur reyting tizimi o'tgan yildan boshlab, ishga tushirilgan bo'lsada, joriy yilda Hukumat qarori reyting ko'rsatkichlari yangilandi hamda optimallashtirildi.
Yilning o'tgan davri mobaynida reyting yuritish va tenderlarni tashkil etish natijalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlarning takliflari va tashabbuslari asosida mazkur tizimni yanada takomillashtirish va barcha uchun birdek qulay qilish ko'zda tutilmoqda. Xususan, reyting va tender tizimlariga ayrim o'zgartirishlar kiritish, bu boradagi ba'zi ko'rsatkichlar va talablarni qayta ko'rib chiqish ko'zda tutilmoqda.Bu borada Qurilish vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqilib, Hukumatga kiritish uchun tayyorlanmoqda.
YAna bir muhim jihat. endilikda davlat dasturlariga tushgan ob'ektlarning loyiha-oldi hujjatlatrini tayyorlash, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tenderlarni o'tkazish va qurilish ishlarining borishini nazorat qilish bo'yicha mutlaqo yangi tizim joriy etildi. Gap shundaki, maqsadli dasturlarga kiritilgan ob'ektlar bo'yicha ishlarning borishini kuzatib borish va nazorat qilish uchun invest.mc.uz havolasida “Maqsadli dasturlar monitoringi” elektron tizimi ishga tushirildi.
Bugungi kunda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi boshqa davlat organlarining axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan bo'lib, bu o'z navbatida tizimdagi ma'lumotlarning aniq resurslar asosida shakllanishi va shaffoflikni ta'minlashga xizmat qilyaptiKelgusida istiqbolli rejalar ko'p. Ya'ni, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini yil yakuniga qadar “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasi, “Qurilishda foydaniladigan texnikalarni ijaraga berish” ma'lumotlar bazasi hamda “Pudrat tashkilotlari klasteri” ma'lumotlar bazasi bilan takomiliga etkazish maqsad qilingan.









