Bu haqda Samarqand viloyati Urgut tuman hokimligi maʼlumot berdi.
Voqea shu yilning 1-iyul kuni tushdan soʻng soat taxminan 14:30 lar atrofida Urgut tuman "Mergancha" mahallasida joylashgan Urgut Savdo kompleksida sodir boʻlgan.
Bozorda savdo qilish uchun kelgan er va xotin voyaga yetmagan farzandlari bilan doʻkonlarni aylanib yurgan vaqtida bozor ichida ota, voyaga yetmagan 5 yoshli oʻgʻil farzandini oyogʻi bilan tepib yerga yiqitgani savdo kompleksida oʻrnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan.
Holat yuzasidan voyaga yetmagan bolaga shafqatsiz munosabatda boʻlgan otani topish va shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida, Urgut tuman IIB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi. Surishtiruv davomida ushbu fuqaro Qashqadaryo viloyati Gʻoʻzor tumani "Qovchin" mahallasida yashovchi A.F. ekanligi aniqlandi.
Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilgandan soʻng, natijasi keng jamoatchilikka maʼlum qilinadi.