Ma'lumotda qayd etilishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining ko'payishi mumkin.
Quyidagilarga alohida e'tibor berishingizni so'raymiz:
• avtomobillaringizni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmang;
• ko'chada yurishni cheklang, ayniqsa allergiya yoki changga yuqori sezuvchanligingiz bo'lsa;
• shahar bo'ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo'ling;
• o'zingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mulkingizni asrang, deyiladi hokimlik axborotida.








