Shaharlararo avtobus qatnovlari vaqtincha toʻxtatiladi

    Toshkent shahri avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi.

    Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

    "Respublikamizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yoʻllarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida 2022-yilning 5-dekabr sanasidan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi.

    Yoʻnalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot beriladi" — deyiladi bayonotda.