Chimkent shahrining “Ordabasi” jamoasi Qozogʻiston chempionatining 25-turida “Shaxtyor” Qaragʻandani magʻlub etib, muddatidan avval mamlakat chempioni boʻldi. Jamoa chempionat tugashiga bir turgan qolganda 58 ochko toʻpladi. Ikkinchi oʻrinda borayotgan “Astana”da esa 52 ta ochko bor.
Chimkentliklar shu paytiga qadar chempionda gʻolib chiqishmagan. Ikki marta mamlakat kubogi, bir marta superkubok sohibi edi.
Shunisi ahamiyatliki, “Ordabasi” tarkibida oʻzbekistonlik ikki futbolchi – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov ham Qozogʻiston chempioni boʻldi.