Shu yilni oʻzida mehribonlik va bolalar uylaridan 300 nafar oʻgʻil-qizlar oilaviy muhitga qaytdi.
Hozirda oilaviy muhitdan ajralgan holda taʼlim-tarbiya olayotgan yana 500 nafar bola bor.
Masʼul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafar bolani oilaviy bolalar uyiga joylashtirish va taʼlim olishi uchun sharoit yaratish topshirildi.
Nazoratsiz va qarovsiz bolalar yashashi, oʻqishiga ixtisoslashgan maktablar roʻyxati qayta koʻrib chiqiladi, ularda bunday bolalar uchun 5 foiz kvota boʻladi.
Bunda ushbu maktablarga bolalarni Ijtimoiy himoya agentligi yoʻllanmasi asosida yuborish koʻzda tutiladi.
Umuman, nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning sifatli taʼlim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.