Ushbu intervyuning eʼtiborga molik qismlari tarjima qilgan holda eʼtiboringizga havola qilinadi.
Barcha qaytib ketdi, buxorolik Gʻiyosov qoldi
Bu vaqt oraligʻida barcha ketdi, men esa oʻzim qoldim. Bu yerda faqat bir oʻzim qolgandim. Aslida, buning katta ahamiyati yoʻq. Chunki men professionalman va oʻz maqsadim sari intilmoqdaman. Bu yerda qolib, oʻzimni yana-da kuchli his qildim. Kitoblar oʻqidim, ingliz tilini oʻrgandim. Joel Diasning mashgʻulot zalida boshqa mamlakatlardan ham yigitlar bor edi, shuning uchun men oʻzimni yolgʻiz his qilmadim.
Oilasidan uzoqligi haqida
Soʻnggi 15 yilda oilamsiz yashayman. Xitoydan tortib Kubagacha boʻlgan mamlakatlarda. Doimo mashgʻulotlarda boʻlaman. Bu men uchun hech qanday yangilik boʻlgani yoʻq. Oilamni yaxshi koʻraman, ularni sogʻinaman. Lekin asosiy maqsadimga erishib, chempion boʻlmagunimcha, boshqa tomonga ogʻib ketishni istamayman. Bu mening, bizning orzumiz. Agar men oʻz maqsadimga erishsam, ularga ham yaxshi boʻladi.
Navbatdagi jang haqida
Men jang boʻlmasa ham mashgʻulotlar oʻtkazdim va formamni ushlab turdim. Mashgʻulotlarda maksimal ravishda katta kuch bilan ishlayman. Olti oydan beri shu yerdaman va jangga toʻrt hafta qolganida bu haqida xabar topdim. Men ruhiy tomonlama tayyorman. Shunchaki tanamni qiyin jangga tayyorlab bormoqdaman.
Men barchani ortda qoldira olaman deydiganlardan emasman. Ortimda kuchli jamoa va ikkita yaxshi murabbiy turibdi. Kurashishdan qochmayman. Agar jamoamdagilar bugun kechqurun chempionlik jangi boʻlishi haqida aytishsa, men jang qilishga tayyorman. Jamoamdagilar chempionlik jangi boʻlishi haqida aytishdi, bundan xursandman.
Eng kuchli jangchi boʻlishni istayman
Ishonch-eʼtiqodga koʻp narsa bogʻliq. Men taqvodor musulmon insonman. Oʻzimga, oilamga, mamlakatim va prezidentimga ishonaman. Meni qoʻllab-quvvatlashmoqda. Shubhasiz, men jahonning eng kuchli jangchisi boʻlishni istayman. Bundan boshqa maqsadim yoʻq.