Las-Vegasda tashkil etiladigan jangda hamyurtimizga meksikalik Kristian Gomes (22-2-1, 20 KO) raqiblik qiladi.

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi xabariga koʻra, bahs IBF North American (Shimoliy Amerika) kamari uchun tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu jang oqshomining markaziy toʻqnashuvi rossiyalik Dmitriy Bivol va meksikalik Saul Alvares oʻrtasida kechadi.