баннер
26 Apr 2025
01:00

    Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

    Aeroportda uchish-qoʻnish yoʻlagining uzoq muddat — 1983-yildan beri ishlatilishi munosabati bilan hamda havo kemalarining qoʻnishi va uchishi xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng kapital qurilish va taʼmirlash ishlari olib boriladi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 13-mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 2025-yil 25-mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagida kapital taʼmirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi.

    Maʼlumotlarga koʻra, 1554 m uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, yurish yoʻlagining ustki qatlami ham taʼmirlanadi. Tanlov natijalariga koʻra, qurilish-taʼmirlash ishlarini “Fargʻona yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi“ olib boradi.

    Maʼlumot uchun: Shu paytgacha Shahrisabz aeroportida samolyotlarni qabul qilish imkoniyati cheklangan edi – parvozlar haftasiga ikki marta kichik L-410 samolyotlarida amalga oshirilardi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi taʼmirlangandan soʻng aeroport oʻrta masofaga moʻljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladi, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech